"Bayer" sport direktori Saymon Rolfes jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqin orada jamoani tark etmasligiga ishonch bildirmoqda. Uning qayd etishicha, tarkibda hech qanday o‘zgarishlar kutilmaydi.
“Ishonchim komilki, sabablardan biri shartnoma. Ikkinchisi, u va uning oilasi Leverkuzenda o‘zlarini qulay his qiladi. U bu klubda nima borligini biladi. Uning ham juda yaxshi jamoasi, yorqin istiqbollari bor", - deya Rolfes so‘zlarini keltiradi This is Enfield.
"Bayer" (55 ochko) Bundesliga peshqadamligini davom ettirmoqda va ikkinchi o‘rindagi "Bavariya"dan ustunligi 5 ochko.