Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Babayan «Al-Ittihod»dan uchralgan alamli mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

Babayan «Al-Ittihod»dan uchralgan alamli mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi, nimchorak finali javob uchrashuvi doirasidagi “Al-Ittihod” – “Navbahor” (2:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.  Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.    

- Barchaga xayrli kech! Bugun “Navbahor” uchun tarixiy lahza. Boisi, OCHL musobaqasida jamoa ilk bor ushbu bosqichga qadar yetib keldi. Albatta, turnirni o‘yin yakunida o‘z darvozamizdan alamli tarzda to‘p o‘tkazib yuborib, tark etish alamli. Bugun biz tarkibida jahon darajasidagi top yulduzlari bo‘lgan Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushib,munosib qarshilik ko‘rsata oldik. Ayniqsa, uchrashuvnng 2-bo‘limida yigitlar reja bo‘yicha harakat qilib,qarshi hujumlarda imkoniyatdan foydalanishga harakat qilishdi.Yigitlar bugungi o‘yinda maydonda  jonbozlik ko‘rsatib, muxlislarga quvonch ulashish uchun qo‘ldan kelganicha intilishdi. Ishqibozlar “Navbahor” bilan faxrlanishsa arziydi.  Mavsum-2024da shogirdlarim har bir o‘yinda ijobiy natijaga erishish, muxltslarni xursand etish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilishadi. Mavsum endi boshlanyapti va OCHL nimchorak finali doirasidagi mazkur o‘yinlar jamoamizga tajriba vazifasini o‘taydi. Afsuski, OCHL musobaqasi biz uchun yakunlandi. Ammo “Navbahor” bu yilgi mavsumda o‘zining nimalarga qodirligini namoyish etadi. 

Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman va “Al-Ittihod”ga OCHLning keyingi bosqich o‘yinlarida omad tilayman.

Shogirdlarimning  o‘yinidan qoniqish hosil qildim, ular mardonavor tarzda kurashishdi. Biz raqibning kuchidan kelib chiqqan holda, o‘yin uslubini ishlab chiqqandik. To‘g‘ri, uchrashuvning 1-bo‘limida mezbonlar hujumkor o‘yin namoyish etishdi, ammo 2-bo‘limda darvozamiz oldida birortayam xavfli vazitya yarata olishmadi.Butun uchrashuv davomida yigitlar yaxshi himoyalana olishdi.

Kuchli futbolchilarga ega “Al-Ittihod”ga qarshi taktika ishlab chiqqandik va shogirdlarim ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi, - dedi “lochinlar” ustozi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:59, 23.02.2024.
O'qildi: 6571 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.