Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

La Ligani yutish uchun asosiy favorit aniq bo‘lib ulgurdimi?

La Ligani yutish uchun asosiy favorit aniq bo‘lib ulgurdimi?

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi bizni "Real Madrid"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi va "Barselona"ning halokatli o‘yini bilan xursand qilishda davom etmoqda.

Quyida joriy mavsumda chempionlik uchun qaysi klubning imkoniyati ko‘proq ekanligi haqida fikr yuritamiz.

"Atletiko Madrid"

Bu mavsum "Atletiko" o‘zi uchun eng barqaror mavsumni o‘tkazmayapti. Biroq so‘nggi paytlarda jamoaning natijalari biroz yaxshilangan, chunki so‘nggi oltita uchrashuvda "matraschilar" faqat bir marta mag‘lub bo‘lishdi. Shunga qaramay, “Atletiko”ning peshqadam “Real”dan farqi 11 ochkoga yetadi, shuning uchun Diyego Simeone shogirdlarining kubokni yutish ehtimoli minimal. G‘alaba ehtimoli: 5%

"Barselona"

Xavi Ernandes jamoasi o‘tgan yilgi chempionat mavsumidan keyin juda shiddatli ko‘ringandi. Oxirgi o‘yinda "Barselona" safarda "Selta" ustidan zo‘rg‘a g‘alaba qozondi (2:1), bir hafta oldin esa o‘z maydonida La Liganing so‘nggi peshqadami "Granada"ni mag‘lub eta olmadi (3:3). Albatta, "ko‘k-anorranglilar" muntazam ravishda ochko to‘plashga harakat qilishadi, lekin shu bilan birga, Xavi shogirdlari muntazam ravishda gol o‘tkazib yuborishadi va raqiblariga o‘z darvozasi oldida ko‘p imkoniyat berishadi. Yaqinda ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunlanganidan so‘ng "Barselona"ni tark etishini e’lon qildi va bu qarorga hech narsa ta’sir qila olmasligini ta’kidladi.

"Barselona"ning bu mavsumda oltin medalga ega chiqish imkoniyati juda past, chunki Karlo Anchelottining "Real"i kataloniyaliklarga yaqinlashishga imkon bermay, o‘z yo‘lidagi barchani yo‘q qilmoqda. G‘alaba qozonish ehtimoli: 10%

"Jirona"

Bu mavsumda klub haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. Jamoa uzoq vaqt davomida Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qildi va chempionlik uchun kurashda jiddiy favorit hisoblanardi. Ammo u "Real Madrid" hujumiga dosh bera olmadi, unga qarshi o‘yinda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va boshqa kuni "Atletik" bilan o‘yinda ham yutqazib qo‘ydi. "Los Blankos" bilan farq olti ochkoga ega. G‘alaba ehtimoli: 20%

"Real Madrid"

Ko‘pgina mutaxassislar o‘tgan mavsum unchalik omadli bo‘lmaganidan keyin "Real Madrid"ning qayta tirilishiga ishonishmadi, ammo "ingliz olmosi" Jud Bellingem kelishi bilan jamoaning o‘yini sezilarli darajada yaxshilandi. Yarim himoyachi shu zahotiyoq "Real" hujumlari yetakchisiga aylandi va ayni damda Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. 25 turdan so‘ng "Real" ikkinchi o‘rindagi "Jirona"dan 6 ochko oldinda va katta ehtimol bilan oradagi farq faqat o‘sib boradi, chunki bu mavsumda Anchelotti shogirdlari bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lub bo‘lishdi va endi mag‘lubiyatsiz 19 uchrashuvdan iborat seriyani davom ettirishmoqda. G‘alaba qozonish ehtimoli: 65%.

Kiritildi: 20:05, 23.02.2024.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.