Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Chelsi" Olmoga ko‘z tikmoqda

"Chelsi" Olmoga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -1

"Leypsig" yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda FT nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yozda London klubi Olmoning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishadi. Qayd etilishicha, "Chelsi" rahbariyati Konor Gallaxer va Raxim Sterlingning ketishiga qarshi emas.

Oldinroq yozda Olmoning shartnomasidagi tovon puli 60 million yevroni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi. Ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Olmo "Leypsig" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasi futbolchisini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:55, 28.03.2024.
O'qildi: 1319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик