Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

24 yoshli afrikalik futbolchi o‘g‘rilar tomonidan otib o‘ldirildi

Baho:
+ | -

Janubiy Afrikaning “Kayzer Chifs” klubi markaziy himoyachisi, 24 yoshli Lyuk Flers yonilg‘i quyish shoxobchasida, jinoyatchilar uning mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida otib o‘ldirilgan.

“O‘yinchilarimizdan biri Lyuk Flersning fojiali va bevaqt vafot etganini bilib, chuqur hayratda va qayg‘udamiz. Biz ushbu o‘ta og‘ir damlarda uning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni bildiramiz”, — deyiladi “Kayzer Chifs” bayonotida.

Gauteng polisiyasi vakili podpolkovnik Mavela Masondoning so‘zlariga ko‘ra, gumondorlar Flersni mashinadan tushirib uloqtirishdan oldin unga o‘qotar qurol ko‘rsatgan va keyin otib tashlagan.

24 yoshli yigit yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketilgan va shifokorlar tomonidan uning vafot etgani ma’lum qilingan.

Janubiy Afrika Premyer Ligasi 6—7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan barcha o‘yinlarni Flers xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlanishini e’lon qildi.

Lyuk avvalroq Tokio Olimpiadasida Janubiy Afrikaning U23 terma jamoasida o‘ynagan. U guruhdagi barcha o‘yinlarni o‘tkazgan, biroq jamoa hech qaysi o‘yinda g‘alaba qozonmagan. Shuningdek, 2021 yilda u Efiopiyaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinlariga chaqirilgan, ammo Flers maydonga tushmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:07, 06.04.2024.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик