Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Abbosbek Fayzullayev hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Qatarga boradi. Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning ishtiroki so‘roq ostida

Abbosbek Fayzullayev hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Qatarga boradi. Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning ishtiroki so‘roq ostida

Baho:
+ | -

Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi musobaqasi 15 aprel kuni start olib, 3 may kunigacha davom etadi. Ushbu musobaqa Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beradi.

Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 23 o‘yinchidan iborat futbolchilari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Ushbu ro‘yxatdan jamoaning asosiy o‘yinchilari Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev, Hojimat Erkinov kabi futbolchilar o‘rin olmagan.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hozirda legioner futbolchilarimizni  musobaqaga jalb qilish borasida muzokaralar davom etayotgani va bu ro‘yxat yakuniy emasligini ma’lum qildi.

“Daryo” manbasining xabar berishicha, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi musobaqada qatnashish uchun Abbosbek Fayzullayev hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev faoliyat olib boradigan klublar bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. Hojimat Erkinov hamda Fransiya chempionatida harakat qilayotgan Abduqodir Husanovning musobaqada qatnashishi hali ham so‘roq ostida qolmoqda.

Manba ikki futbolchini Qatardagi musobaqada ishtiroki uchun muzokalar hali ham davom etayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze shogirdlari musobaqadagi ishtirokini 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Ar-Rayyandagi Khalifa International stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanish vaqti: 18:00.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:14, 13.04.2024.
O'qildi: 6155 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.