Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" La Ligadan darvozabon xarid qilmoqchi

"PSJ" La Ligadan darvozabon xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

Huquqi "Valensiya"ga tegishli bo‘lgan gruziyalik darvozabon Giorgi Mamardashvili Fransiya chempionatida o‘ynash imkoniyatiga ega.

Todofichajes xabariga ko‘ra, 23 yoshli darvozabonni o‘z safiga "PSJ" klubi qo‘shib olishga qiziqmoqda. Parij grandi italiyalik Janluiji Donnarummaning ishonchsiz o‘yini tufayli darvoza chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Mamardashvilini 35 million yevroga sotib olish mumkin.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Giorgi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol o‘tkazib yubordi. 12 uchrashuvda darvozabon o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:58, 14.04.2024.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.