Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

FIFA prezidenti adolatning barchaga birdek bo‘lishini xohlaydi

FIFA prezidenti adolatning barchaga birdek bo‘lishini xohlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti siyosatchilarni agentlarga qilinadigan to‘lovlarga qarshi kurashga qo‘shilishga chaqirdi.

"O‘tgan haftada Premyer-liga klublari 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-fevralgacha vositachilar va agentlar uchun deyarli 500 million yevro sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Bu pulning katta qismi futbolga tegishli emas. Xuddi shu davrda ingliz klublari o‘yinchilarni tarbiyalagan va rivojlantirgan xorij klublariga 30 million yevrodan kam pul to‘lagan.

Kompensasiya va birdamlik to‘lovlari FIFA qoidalarida ko‘zda tutilgan. Ular yetarlicha pul topish uchun kurashayotgan minglab boy bo‘lmagan klublar uchun juda muhimdir.

Bu klublar butun dunyo bo‘ylab yosh futbolchilarning rivojlanishi, tayyorgarligi va imkoniyatlari uchun juda qattiq kurashadi.

FIFAda biz barcha darajadagi shaffoflik, hisobdorlik va mablag‘larni yaxshiroq qayta taqsimlash maqsadida transfer tizimiga aniq va adolatli qoidalarni, jumladan agentlar uchun qoidalarni joriy etishga harakat qilmoqdamiz. Shu sababli ba’zi agentlar bizni sudga berishdi, ammo FIFA sudda o‘z pozisiyasini himoya qilishda davom etadi.

Men hukumatlar va qonunchilarni bizga qo‘shilishga va transfer mablag‘lari futbol ichida qolishi va butun dunyo bo‘ylab klublarga taqsimlanishini ta’minlashda faol rol o‘ynashga chaqiraman, chunki ular hozirgi va kelajak avlod futbolchilari uchun juda muhim", - dedi Infantino.

Kiritildi: 18:33, 20.04.2024.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.