Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Inter" – eng g‘amgin chempion!

"Inter" – eng g‘amgin chempion!

Baho:
+ | -

Derbida chempionlik unvonini qo‘lga kiritish, chempionat tugashiga besh tur qolganda bu orzu! Hozirgi "Inter"dan tashqari hamma uchun orzu. Simone Indzagi buyuk ishlarga qodir zo‘r jamoa tuzdi. Va, ehtimol, u ajoyib bo‘ladi. Lekin bu mavsumda emas.

"Inter" juda alamli vaziyatga tushib qoldi. U Chempionlar ligasida "Atletiko"ga yutqazdi va uning mavsumi mart oyi boshida yakuniga yetdi. Tugadi! Chunki A Seriyadagi barcha masalalar anchadan beri yopilgan va “Inter” 2023 yilning dekabrida Kubokdan chiqarib yuborilgandi. Indzagi jamoasi o‘zining ulkan kuchi, moslashuvchanligi va jamoaviy ishlashi bilan mavsum tugashiga uch oy qolganida motivasiyani yo‘qotdi.

Katta jamoa katta vazifalarsiz mavjud bo‘lmaydi. "Inter" juda katta jamoa. Milanliklar Joze Mourinyoning "oltin" davridan beri bu qadar katta bo‘lmagan. Qaysi “Inter” kuchliroq: portugaliyalik davridagimi yoki hozirgisimi? Savol biroz mavhum, ammo unga aniq javob berish mumkin. Hozirgi "Inter" ko‘zni quvontiradi. Agar Joze jamoasi natijalarni himoyaviy o‘yin orqali qo‘lga kiritganini ko‘rsangiz, Indzagi jamoasi futbol o‘ynaydi. Va ayni paytda u natijalarga erishadi.

Biroq, muhim bir "lekin" bor. Mourinyo boshchiligidagi “Inter” yakuniy maqsadiga yetdi. Barcha turnirlarda. Indzagi boshchiligidagi "Inter" esa o‘z o‘yinida qanchalik yorqin va zamonaviy bo‘lmasin, mavsumni mart oyida yakunladi. Ha, bu vaqtga kelib A Seriyada g‘alaba qozongan edi. Ammo bu bilan faxrlanish uchun yetarli emas. Katta jamoalar uchun turnirlardan birida oldindan g‘alaba qozonish quvonish uchun sabab emas. Aksincha, bu kuchlarni eng kerakli joyga vaziyatga qaratish imkoniyatidir. "Inter" esa buni amalga oshirishdan xursand bo‘lardi.

Chempionlar ligasidan shunday erta chiqib ketish fonida derbida A Seriyada g‘alaba qozonish imkoniyati kichik narsadek ko‘rinadi. Derbida chempionlikni qo‘lga kiritish chiroyli, ramziy ma’noga ega, ammo Chempionlar ligasining 1/8 bosqichidayoq turnir bilan xayrlashish bu jamoa uchun achinarli.

Buni tekshirishning iloji yo‘q, lekin "Inter" Chempionlar ligasiga qaytsa, derbida mag‘lub bo‘lishga ham tayyor bo‘lardi. Chunki eng zo‘rlar bilan raqobatlasha oladigan va o‘z kuchingizdan to‘liq foydalana oladigan katta turnir bor. Aynan mana shunday turnirlar va o‘yinlar uchun kuch to‘plash kerak. Qolaversa, "Inter" o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasining ta’mini olgandi. Jamoa chempionlikka bir qadam qolgan edi.

"Inter" keyingi mavsumda yana-da kuchli bo‘ladi. Indzagi qoladi, Mehdi Taremi va Piotr Ziyelinski kelishi kerak. Balki boshqa yangi o‘yinchilar ham paydo bo‘lar. “Inter” bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita olmaganidan keyin, albatta, yiqilmaydi. Ammo hozirgi jamoa kuchga to‘la va, ko‘rinib turibdiki, zaif tomonlari yo‘q.

"Atletiko"ga respekt. Ular "Inter"ni halol mag‘lub etishdi. Va ma’lum bir kunda, aniq ikki soat ichida milanliklar o‘zlarining barcha kamchiliklarini ko‘rsatishdi. “Atletiko” esa aksincha, kamchiliklarini yashirib, bor kuchini berdi. Ammo butun mavsum shuni ko‘rsatadiki, jamoa sifatida “Inter” kuchliroq. "Atletiko" ham buni bilvosita ko‘rsatdi. Qanday qilib “Inter”ni yuta turib, “Borussiya”dan mag‘lub bo‘lish mumkin edi, endi bu boshqa masala.

“Inter" bu mavsumda ajoyib futbol namoyish etmoqda . Simone Indzagi juda moslashuvchan, boshqariladigan jamoani yaratdi. Bu jamoa A Seriyada 100 dan ortiq ochko to‘plashi mumkin.

Kiritildi: 11:58, 23.04.2024.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.