"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon uzoq vaqtdan beri Kilian Mbappening ispan klubiga kelishini kutayotgan edi.
Mbappe Chempionlar ligasida yana g‘alabasiz qolganidan keyin ham u o‘z fikrini o‘zgartirgani yo‘q.
"U haqiqiy Galaktikos! Lekin o‘ylaymanki, "Real"ning har bir futbolchisini shunday deyish mumkin va hozirgilarini ham.
Ammo Mbappe o‘zgacha. "Dortmund"ga qarshi unchalik omadsiz o‘yinlarga qaramay, bu fikrimda qolaman.
U menga Ronalduni eslatadi, juda kuchli, juda xavfli va "Real" uchun u jiddiy figura bo‘ladi", - deya Kalderonning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.