"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya jamoasi yarim himoyachisi Fermin Lopesning Ispaniya La ligasining 36-turi doirasidagi "Almeriya"ga (2:0) qarshi o‘yindagi dublidan so‘ng o‘yiniga yuqori baho berdi.
“Ikki yarim yil oldin Ferminni yoqtirib qolgandim. Bu mavsum u yanada yetuk, jangga tayyor holga kelgandi. U biz bilan aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishmoqda. Sizni ishontirib aytamanki, u ko‘p yillar davomida asosiy jamoa futbolchisiga aylanadi", - deya Xavi so‘zlarini keltiradi Marca.