Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Futboldagi inqilob

Futboldagi inqilob

Baho:
+ | -

O‘tgan yil dekabrida Yevropa sudi UYEFAning qit’ada Superliga tashkil etish huquqini himoya qilgan klublar ga qarshi qarorini ko‘rib chiqqan va UYEFA taqiqini qonunga zid ekanligini e’lon qilgandi.

Endi aynan shunday voqea jahon futbolida takrorlanishi mumkin. Chunki FIFA milliy chempionatlar o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazishni taqiqlab qo‘ygandi. Aprel oyi oxirida Nyu-York okrug sudi FIFA va Relevent Sports Group (RSG) kompaniyasi o‘rtasidagi tortishuvda keskin burilish yuz berishini ma’lum qildi.

Hammasi 2018 yilda, RSG kompaniyasi bir qator rasmiy uchrashuvlarni AQSHda o‘tkazish rejasini olg‘a surishidan boshlandi. Avvalroq bu kompaniya futbol olami grandlarining mavsumoldi tayyorgarlik uchrashuvlarini Xalqaro chempionlar kubogi nomi ostida tashkil etgandi.

O‘sha yil avgustida kompaniya Ispaniya chempionati doirasidagi «Barselona» - «Jirona» uchrashuvlarini Mayamida o‘tkazish rejasini o‘rtaga tashladi. Biroq oradan bir necha oy o‘tgach, FIFA bunday uchrashuvlarni taqiqlashga oid maxsus dekretni chop etdi: «Milliy ligalarga muntazam mavsum bellashuvlarini mamlakat tashqarisida o‘tkazish taqiqlanadi».

2019 yil martida kompaniya AQSH FFga murojaat qilib, Ekvador chempionatining «Barselona Sporting» - «Guayakil Siti» bellashuvini o‘tkazishga ruxsat olgandi. Promouter shuningdek, Ekvador FFdan ham ruxsat olgandi. Lekin AQSH FF so‘nggi pallada FIFA dekretiga qarshi chiqa olmay, rejaga to‘sqinlik qildi. Natijada sentyabr oyida kompaniya FIFA va AQSH FFni antimonopoliya qoidalariga rioya qilmaganlikda ayblab, sudga murojaat qilgandi.

«Kompaniyaning xorijiy klublar o‘rtasidagi muntazam chempionat uchrashuvlarini AQSHda o‘tkazish rejasiga xalal berishga tomonlar o‘zaro til biriktirgani aniq», deyiladi RSGning sudga yo‘llagan da’vo arizasida. Promouterning fikricha, turli mamlakat jamoalarining o‘zaro bellashuvlari AQSH futbol biznesining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Boz ustiga, bu uchrashuvlar AQSH shaharlarida ulkan shov-shuvga sabab bo‘ladi. Misol uchun, o‘tgan yil iyulida Nyu-Jersida bo‘lib o‘tgan «MYU», «Arsenal» mavsumoldi bellashuviga 82626 nafar muxlis tashrif buyurgandi. Bu 2026 yilda jahon chempionati ishtirokchilarini qabul qiladigan arena uchun rekord ko‘rsatkich.

Yevropa klublari AQSHda pul ishlash niyatidalar, u yerda yaxshi haq to‘lashadi

Hozirda ummon orti arenalari yevropalik top-klublar uchun nafaqat yangi muxlislarga ega bo‘lish, balki mo‘may daromad manbai ham bo‘lib qoldi. Axir mavsumoldi tayyorgarligi o‘rtacha 15-20 mln. dollar foyda keltiradi. Uchrashuvlarga bo‘lgan qiziqish esa tobora ortib bormoqda: fevral oyida avgust oyiga mo‘ljallangan «MYU» - «Liverpul» o‘rtoqlik uchrashuvining chiptalari 3 soat ichida sotilib ketdi. 3 avgust kuni Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan «Barselona» - «Real» uchrashuvi atrofidagi holat ham aynan shunday.

FIFA siyosatidagi mantiqni tushunish qiyin emas - ochko‘z Janni Infantino boshqaruvidagi tashkilot o‘zini futbol jonkuyari qilib ko‘rsatishga urinsada, aslida, imkon qadar ko‘proq mablag‘ jamg‘arish va uni hech kimga bermaslikni istaydi. Buning isboti sifatida bir necha yil muqaddam Infantino sayyoramizdagi yetakchi klublar o‘yinchilarini agar ular Yevropa Superligasida ishtirok etadigan bo‘lsalar, jahon chempionatlarida qatnashishdan chetlatishini aytib, qo‘rqitganini eslatish mumkin.

Shunga o‘xshash voqea bundan 50 yil avval tennis sportida yuz bergan, xorvatiyalik Nikola Pilich Devis Kubogi turniriga bormasdan, Monrealdagi tijorat turniriga yo‘l olgandi. Oqibatda, eng yaxshi tennischisidan ayrilgan uning terma jamoasi Yangi Zelandiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Yugoslaviya tennis federasiyasi Nikolani 9 oy muddatga ITF tasnifidagi barcha musobaqalar, jumladan, «Katta dubulg‘a» turniridan chetlatgandi. Yakunda Pilichni Uimbldon turniridan ham chetlatishdi. Biroq professional tennischilar assosiasiyasidagi (ATR) 82 nafar sportchilar uni qo‘llab-quvvatlab, turnirga boykot e’lon qildilar. Shundan keyin tennis amaldorlari «Pilich ishi» takrorlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga amin bo‘ldilar. Futbolda ham o‘yinchilar shunday munosabat bildirishlari mumkin.

Hozir FIFA va UYEFA bilan klublar va ularning o‘yinchilari o‘rtasida nafaqat obro‘-e’tibor, balki mo‘may daromad uchun ayovsiz kurash kechmoqda. Qudratli Amerika bozori esa, futbol borasida o‘zlashtirilmagan bo‘z yer.. ekanligini hamma yaxshi biladi. Navbatdagi mundial aynan AQSHda o‘tishi ham bejiz emas - Business Standard mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, turnir 11 mlrd. dollar daromad keltirishi mumkin. Shuningdek, yozda Amerika Kubogi-2024 turniri, kelasi yili yangi formatdagi klublar jahon chempionati start oladi. Sayyoramizdagi eng sara klublar mashaqqatli mavsumdan keyin bir oy AQSHning jazirama issig‘idan «lazzat» oladilar. Bebiliska topilgan kirimni esa FIFA qurtdek sanab oladi.

FIFA taqiqni 2024 yil oxirigacha bekor qilmoqchi

Asosiy daromad futbolni shunchaki, yillar davomida to‘plangan tajribaga tayangan holda boshqaradigan amaldorlar tomonidan taqsimlanishi RSGni ham, klublarni ham qoniqtirmaydi. Infantino va UYEFA prezidenti Aleksander Cheferinlar hech qachon yuksak saviyada futbol o‘ynagan emaslar, lekin o‘zlarini millionlar o‘yinini rivojlantirishni hammadan yaxshiroq biladigan daho, deb hisoblaydilar. Ular tufayli peshona teri evaziga topgan daromadlaridan judo bo‘lishdan tashqari, cheklovlar doirasida to‘p surayotganlar esa bundan norozilar.

Xayriyatki, sog‘lom fikr va demokratik jamiyatdagi qonunlar mexanizm asta,sekinlik bilan bo‘lsada, FIFAdek qudratli monopoliyani yenga boshladi. Shu yilning apreli oxirida futbolning kelajagiga kuchli ta’sir etadigan voqea yuz berdi - deyarli «Bosman ishi» yoki yaqindagi Superligaga oid qaror maqomidagi kabi. Nyu-York okrug sudi RSGning FIFAga qarshi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, «tomonlarning kelishib olishi» haqida hukm chiqardi. Bu promouterning g‘alaba qozonganini anglatadi. Kompaniya bosh direktori Denni Sillman buni tasdiqladi: «Biz FIFA imkoni boricha qisqa vaqt ichida klublarning istagan mamlakatda uchrashuvlarni o‘tkazish imkoniyatiga oid amaldagi reglamentiga o‘yinlarning qanday maqomda bo‘lishidan qat’iy nazar, tegishli o‘zgarishlar kiritishidan umidvormiz».

The Athleic manbalarining ta’kidlashicha, Infantinoning RSG bilan kelishuviga YESning Yevropa Superligasi foydasiga chiqargan qarori majbur etgan. FIFA Amerika bozoridagi ta’sirini saqlab qolish umidida va yengilgan tomon maqomini olmaslik uchun turli yo‘llarni qidirmoqda. Biroq endi kech - jarayon qaytarilmaydigan burilishdan o‘tib bo‘ldi. «Alohida qoidalar to‘plami 2024 yil oxirigacha qabul qilinadi», - dedi 2 may kuni FIFA advokati Kristofer Bening. Biroq RSG shu bilan kifoyalanib qolmoqchi emas. Kompaniya advokati Adam Deylning bayonotiga binoan, agar FIFA qoidalarni o‘zgartiradigan bo‘lsa, u va AQSH FF huquqiy bahslar boshlanganidan keyingi o‘tkazilmay qolgan barcha uchrashuvlardan tushishi kerak bo‘lgan zararni qoplashi lozim. Bu mablag‘ yuzlab millionlarni tashkil etishi mumkin.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 25.05.2024.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.