Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-2 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 1-1 Paxtakor
17/10 19:00 Fulhem 1-0 Xall Siti
17/10 19:00 Brentford 1-2 Liverpul
17/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Ipsvich
17/10 19:15 Vilyarreal 0-0 Elche
17/10 21:00 Bolonya 1-3 Inter
17/10 21:30 Betis 2-5 Barselona
17/10 21:30 Nyukasl 0-1 Aston Villa
17/10 23:45 Roma 2-0 Jenoa
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze - Lechche
18/10 17:00 Osasuna - Rasing
18/10 18:00 Bornmut - Sanderlend
18/10 18:00 Brayton - Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids - Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina - Komo
18/10 19:15 Selta - Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/10 21:00 Milan - Atalanta
18/10 21:30 Malaga - Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Prezident futzal bo‘yicha Jahon chempionatini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qaror imzoladi

Prezident futzal bo‘yicha Jahon chempionatini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qaror imzoladi

Baho:
+ | -

“2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-195-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024 yil 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;

2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Shuningdek, 2024 yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Jahon chempionatida akkreditasiyadan o‘tgan shaxslarni identifikasiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.

2024 yil avgust – oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditasiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.

Jahon chempionatida akkreditasiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot
Kiritildi: 09:50, 29.05.2024.
O'qildi: 1888 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик