Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Real» nimaning evaziga g‘alaba qozondi?

«Real» nimaning evaziga g‘alaba qozondi?

Baho:
+ | -

Terzich «Real»ni to‘xtatish uchun juda yaxshi reja tuzdi va bu ishladi ham. Birinchi taymda zarbalar soni bo‘yicha 8-2. Ikkinchi taymda «Real» o‘z pressing/sxemasini o‘zgartirib, vaziyatni tenglashtirgan bo‘lsa-da, zarbalar soni 3:4, ya’ni kurash davom etayotgandi.

Odatda, agar kuchsizroq jamoa favoritga qarshi teng o‘ynayotgan, ya’ni reja o‘xshayotgan bo‘lsa, hech narsa o‘zgartirilmaydi, jamoalar kuchini yaqinlashtirib turgan temp va tizimni saqlashga urinilishi kerak, mantiqan. Axir aynan shu faktor - g‘alaba sari yagona yo‘l.

Ammo «Real»da boshqa top klublarda bo‘lmagan ajoyib xususiyat ham bor - go‘yoki rostan ham bu kun «Real»ning kuni emasligiga, aslida, ular bilan o‘ynash osonligiga ishonib qolasiz. Bu ustunlik axir o‘sha mukammal rejangiz tufayli bo‘ldi, «Real»ni noqulay sharoitga solib qo‘yganingiz uchungina hali ham imkoniyatni saqlab turibsiz, deydigan odam yo‘q.

Terzich, bemalol, endi hatto sxemani o‘zgartirib ham, «Real» bilan bellashmoqchi bo‘ldi, qanotdagi Adayemi o‘rniga Marko Roysni tushirdi. Futbolchilar yangi sxemaga o‘tib, vazifalar taqsimlab olgunlaricha, «Real» o‘sha bo‘shliqni his qildi. Bu borada haqiqatan «Real» - top - raqibning ojiz nuqtasi vaqtincha, biror muddatga paydo bo‘lib qolsa ham, buni darhol his qilibgina qolmasdan, natijaga aylantiradi. Roys tushganidan so‘ng, «Real» 2 gol urib, o‘yin taqdirini hal qilib olguncha, o‘n daqiqa ichida zarbalar soni 7-0.

«Real» 15 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi. Turnirning ushbu formatdagi oxirgi mavsumida «Real» g‘olib bo‘lmasayam adolatdanmas, axir. Turnir shu ko‘rinishga kelganidan buyon 9-g‘alaba. Eng yaqin jamoa - «Barselona»da 4ta. «Bavariya» va «Milan»da 3tadan. Oxirgi 27 finalning uchdan biri madridliklarning chempionligi bilan tugagan.

Aytishadi-ku, bunisi buzilib qoldi, boshqasini olib kel, deb. Rostanam bu YECHL buzilib qoldi, kelasi yildan boshqachasi boshlanadi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 09:24, 02.06.2024.
O'qildi: 5588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.