Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Srechko Katanes: «Jahon chempionatiga chiqishimizga shubhalanmasligimiz zarur»

Srechko Katanes: «Jahon chempionatiga chiqishimizga shubhalanmasligimiz zarur»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes JCH—2026 saralashidan o‘rin olgan Turkmaniston bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bu o‘yinga futbolchilar turli jismoniy holatda kelgan. Shunga qaramay biz muxlislarni hursand qilishga harakat qilamiz".

Rotasiya borasida

Hozir sizga aytishim mumkinki, hech qanday jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Agar siz tarkibga yangi futbolchi qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, siz jamoaning o‘yinini qayta tuzib chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt talab etadi. O‘yinni asosiy tarkib boshlaydi va natijadan kelib chiqib yosh o‘yinchilarga imkon berishimiz mumkin. Bizda ba’zi futbolchilar oxirgi o‘yinini 20 may kuni o‘tkazgan, bunday o‘yinchilarga ham o‘yin boshidan imkoniyat berish xato bo‘ladi. Biz bu o‘yinni jiddiy qabul qilishimiz zarur, futbolchilardan ham shuni so‘rab qolaman.

Asosiy tarkib futbolchilari ham mart oyidan beri o‘ynagani yo‘q, shuning uchun ularga ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerak.

Raqobat haqida

Terma jamoaning tajribali o‘yinchilari Shomurodov, Masharipov va ularning yonidagi yosh futbolchilar terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqishi mumkin. Shuni aytish kerakki, bizning jamoamizni hurmat qiladi. Ertangi o‘yinda yangi futbolchilarni tushirishimiz mumkin, lekin keyingi bosqichda yana o‘zimizning tajribali futbolchilari xizmatidan foydalanmoqchi bo‘lsak, bundan bizga qanday foyda?

Futbolchilar o‘rtasida raqobat bo‘lishini, bir-birini raqobatchi deb hisoblashini xohlamayman. Ular doim jamoadoshiga ko‘maklashishini xohlayman.

Salomatligi haqida

Mening ruhiy va jismoniy holatim emas, futbolchilarning salomatligi ahamiyatli bo‘lishi kerak. Sog‘ligim haqida gapirsam, ancha vaqt ketib qoladi. Tanamda bo‘ladigan o‘zgarishlarga vaqtida e’tibor bermaganman. Futbolchilar bilan bu haqda suhbatlashdim. Agar uchinchi marta sog‘ligim sabab termani tark etsam, boshqa qaytib kelmayman.

Olimpiya termasi haqida

Olimpiya terma jamoasini doim kuzataman. Avvalo, ularni Olimpiada yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Eng muhimi, ular kamtarligicha qolishi kerak. Ularda doim ishonch bo‘lishi zarur. Biz Jahon chempionatiga chiqishimizga shubhalanmasligimiz zarur. Muxlislarning qo‘llovi, ishonchini futbolchilar his qiladi. Shu sabab hammamiz birlashishimiz zarur.

Superliga haqida

Hatto chetda turib ham o‘yinlarni kuzataman. Hozirda bu muammo emas. Men viloyatlarga borib o‘yinlarni kuzatishim biror narsani o‘zgartiradi deb o‘ylamayman, ammo mening yordamchilarim doim kuzatib boradi”, — deydi bosh murabbiy.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobida 10 ochko mavjud va ular keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal qilgan, Turkmaniston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kurash olib bormoqda. Ular hisobida bir ochko bor.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston  va Turkmaniston o‘rtasidagi bahs ertaga, 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:52, 05.06.2024.
O'qildi: 1809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.