Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ishonchni oqlagan rekord harajat

Ishonchni oqlagan rekord harajat

Baho:
+ | -

Deklan Rays o‘zining namunasi bilan ba’zan futbolchining transfer qiymati shunchaki, quruq raqamlar ekanligini isbotladi.

U o‘tgan yil yozida 100 mln. funtli oldi-sotdi kelishuvi va 5 mln. funt bonus evaziga «Arsenal» safidan joy olgandi. Bu - «to‘pchilar» tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi. APL doirasida esa shu paytgacha faqat Jek Grilish va Enso Fernandeshlar uchun jamoalar ko‘proq mablag‘ sarflashgan, Moyzes Kaysedoning qiymati Raysniki bilan teng.

Qimmat bahodagi kelishuvlar futbolchiga kuchli bosim o‘tkazishi tabiiy hol, albatta. Fernando Torres 50 mln. funt evaziga «Chelsi»ga, Pol Pogba esa 86 mln.ga «MYU»ga o‘tganidan keyin o‘z o‘yinini topa olmay, qanchalik qiynalganiga guvoh bo‘lganmiz. Shunga o‘xshash omadsiz xaridlarga juda misollar keltirish mumkin. Ular orasida o‘zlari uchun sarflangan mablag‘ni hanuzgacha oqlay olmagan o‘yinchilar ham yetarli. Biroq Rays debyut mavsumidayoq mablag‘ behuda ketmaganligini isbotladi. Agar «to‘pchilar» chempionlikka erisha olganlarida, Deklanning obro‘si yanada balandroq bo‘lardi.

Shubha yo‘qki, har qanday futbolchi uchun mahorat doimo 1-o‘rinda turadi. Biroq Raysdagi soddalik, kamsuqumlik hammada bo‘lavermaydi. Uni olib kelish uchun «to‘pchilar» rekord maqomidagi mablag‘dan voz kechishlarida ana shu hammabop fazilatning alohida o‘rni bor, albatta. 2018/19, 2022/23 yillar mavsumlari oralig‘ida «Vest Xem» safidagi 190 uchrashuvning 175tasini Deklan boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi. Joriy mavsumda esa atigi bir marta ilk daqiqada maydonga tushmadi - «Luton»ga qarshi bellashuvni 25 yoshli xavbek zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Shuningdek, u YECHL doirasidagi 10ta uchrashuvning 9tasini u start tarkibida boshladi.

Futbolchining hammabop ekanligi har hafta namoyon bo‘ladi va faqat uning puxta jismoniy tayyorgarligi bilan cheklanib qolmaydi. Deklan namunali intizomi bilan ham yaqqol ajralib turadi. Bu raqiblari hujumini yo‘qqa chiqarib, ulardan to‘pni tortib oladigan o‘yinchi uchun ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Joriy mavsumda Rays 160 marta to‘p o‘z jamoadoshlariga qaytarib berishga muvaffaq bo‘ldi, buning uchun atigi 28 marta o‘yin qoidasini buzishga majbur bo‘ldi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Kaysedo ham 160 marta to‘pni o‘z jamoasiga qaytargan bo‘lsada, 44 marta qoidani buzdi. Aleksis Makallister 180 marta to‘pni qaytargan, lekin 46ta qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan Duglas Luis hisobida 45ta fol bor. Rodri hozir jahonning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi bo‘lishi mumkin, lekin follari ham Raysnikidan kam emas. Ya’ni, 199ga 36.

Butun mavsum davomida Deklan biror marta qizil kartochka bilan jazolangan emas, sariq kartochkalari soni esa atigi 4ta. Kaysedo ham maydondan chetlatilmagan, lekin ogohlantirishlari soni 9ta. Vaholanki, u APL doirasida Jeremi Dokuga, Liga Kubogi turnirida Rayan Gravenbayerx va Entoni Gordonga jiddiy jarohat yetkazgan va qizil kartochka olishi mumkin edi. Makkalister hisobida 6ta sariq va bitta qizil, Luisda 10ta sariq kartochkalar bor. Rodri esa 8ta sariqni bitta qizil bilan «bezatgan». Bu futbolchilar hech bo‘lmaganda bir marta diskvalifikasiya tufayli maydonga tusha olishmagan, Deklan esa birorta o‘yinni o‘tkazib yubormagan.

Ko‘pchilik Raysni faqat shunchaki, oddiy tayanch yarim himoyachisi sifatida xarid qilingan, deb o‘ylasada, u to‘p bila muomala qilishning juda ko‘p boshqa variantlarini namoyish etadi. U faqat raqib hujumlarini barbod qilish bilan cheklanib qolmaydi, «Vest Xem»da jamoadoshlarining hujumkor harakatlariga yaqindan yordam berib, yetuk yarim himoyachi maqomida to‘p surdi. Buni ko‘rgan Mikel Arteta esa uni yanada yuqori saviyaga olib chiqdi.

Deklanning «Arsenal»dagi eng yorqin o‘yinlari Jorjinyo oxirgi yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynagan davrda kuzatildi. Ortida ishonchli sherigi borligiga amin bo‘lgan Rays yanada erkinroq to‘p surib, oldingi chiziqda «sakkizlik» rolini bajara boshladi. Undan avval bu yumush jarohati bilan to‘p surayotgan Tomas Parti zimmasiga yuklatilgan, Jorjinyoning saviyasi talab darajasida emasdi. Shu davrgacha orqaroqda o‘ynagan Rays endi oldinga o‘tib oldi. Natijada «to‘pchilar»ning sermahsulligi ko‘tarildi.

Hozirda Deklanning o‘yin vaqti ko‘proq raqib jarima maydonchasida o‘tmoqda. O‘zining eng sermahsul mavsumini o‘tkazayotgan yarim himoyachi APL doirasida 7ta gol va 8ta assistni amalga oshirdi. Murabbiy uning parvozini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ortda qolgan 25ta o‘yinda u 23 marta jarima maydonchasi ichida to‘p bilan muomala qilgandi. Keyingi 10ta bellashuvda esa bu ko‘rsatkich 33taga, ya’ni, o‘rta hisobda 3,3taga yetdi.

To‘pni olib yurish qobiliyati Raysga olg‘a intilish imkoniyatini bergani sababli, «to‘pchilar»ning hujumkor harakatlari sezilarli darajada ko‘paydi. Buning natijasida jamoa o‘z raqiblarini ko‘proq himoyada o‘ynashga majbur etishmoqda. Bunday vaziyatda ko‘pchilik jamoalar olis uzatmalardan foydalanishdan boshqa variant qolmaydi. Bu esa Raysning vazifasini yanada osonlashtiradi. Chunki uning yakkakurashlardagi ustunligi tufayli, to‘p nazorati «to‘pchilar» tomoniga o‘tadi.

Yaqinda Rays burchak zarbalarini amalga oshirish ilmini ham o‘z arsenaliga qo‘shib oldi. To‘g‘ri, yanvarda tatbiq etila boshlagan yangilik jamoaning raqib jarima maydonchasi ichidagi ustunligini bir oz pasayishiga sabab bo‘ldi. Biroq chap qanotdan uzatilgan burchak zarbalarining samaradorligi bu yo‘qotishni bemalol qoplamoqda. Burchak zarbalari bo‘yicha Rays hozir APLda peshqadamlik qilmoqda. Albatta, o‘sha aniq uzatmalarni golga aylantirish ham o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. bu masalada Deklan mashg‘ulotlarda jamoadoshlari bilan jiddiy shug‘ullanadi. Qisqasi, ijodiy jarayon davom etmoqda.

Ha, Raysning xarid qilinishi «Arsenal»dagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. To‘g‘ri, joriy mavsumda ham «to‘pchilar» kumush medallar bilan kifoyalanishga majbur bo‘lishdi. Lekin hozirda mukammal o‘yin qo‘rsatayotgan Deklan yangi mavsumda ham ijodiy faoliyatini davom ettirsa, «to‘pchilar» bilan hamkorlikda «shaharliklar» kabi uzoq yillik APL yetakchisiga aylanishi hech gapmas. Demakki, u o‘zi uchun sarflangan mablag‘ni to‘la oqlamoqda.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:22, 05.06.2024.
O'qildi: 4019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.