Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

"Tottenxem" yaponiyalik markaziy himoyachini nishonga oldi

"Tottenxem" yaponiyalik markaziy himoyachini nishonga oldi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi "Shtutgart" markaziy himoyachisi Xiroki Itoga e’tibor qaratmoqda. Jurnalist Kristian Falk bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "shporlar" bosh murabbiyi Ange Postekoglu 25 yoshli yaponiyalikni kelasi mavsumda o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.

Himoyachini Transfermarkt 30 million yevroga baholamoqda, biroq “Shtutgart” ko‘proq talab qilishi mumkin. Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi yana uch yilga amal qiladi.

O‘tgan mavsumda Ito "Shtutgart"ga Germaniya Bundesligasida ikkinchi o‘rinni egallashga yordam berdi. Germaniya chempionatining 26 uchrashuvida yaponiyalik futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:03, 06.06.2024.
O'qildi: 919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.