O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar futbolchisi Olimpiya terma jamaosi safiga borib qo‘shiladi.
O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoa yig‘inida qatnashayotgan Abdurauf Bo‘riyev hamda Muhammadqodir Hamraliyev murabbiylar shtabi ruxsati bilan U-23 jamoamizning Maliga qarshi dastlabki o‘yinida yordam berish uchun Olimpiyachilar safiga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes shogirdlari Jahon Chempionati saralashida Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.