Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Ispaniya prokuraturasi Anchelotti uchun 5 yillik qamoq jazosini so‘radi

Ispaniya prokuraturasi Anchelotti uchun 5 yillik qamoq jazosini so‘radi

Baho:
+ | -

Ispaniya prokuraturasi soliq firibgarligi uchun "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun 5 yil qamoq jazosini talab qilib, dastlabki talabni kuchaytirdi. "Real Madrid" bosh murabbiyi go‘yoki offshordagi imij huquqidan tushgan daromadni yashirgan.

Avvalroq Ispaniya prokuraturasi “Real” bosh murabbiyi imij huquqidan tushgan daromad soliqlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 4 yilu 9 oy qamoq jazosini so‘ragani xabar qilingandi. Ayblovga ko‘ra, Anchelotti 2014-2015 yillar davomida 1 million yevrodan ortiq soliqlarni yashirgan.

El Mundo nashri xabariga ko‘ra, prokuratura italiyalik murabbiyning jazosini 5 yilga ko‘paytirishni so‘ragan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Anchelotti Virjiniya orollaridagi ofshor kompaniyalari orqali imidj huquqidan tushgan daromadni yashirgan. Vapia Limited kompaniyasi orqali Karlo "Real"dan imij huquqi uchun ikki million yevrodan ortiq mablag‘ oldi. Qolaversa, ayni kompaniya orqali madridliklar ustozi umumiy qiymati 2,5 million yevroga teng bir nechta shartnomalarni amalga oshirdi.

Prokurorlarning fikricha, Anchelotti 2014 yilda 386 361,93 yevro va 2015 yilda 675 718,76 yevro miqdoridagi soliq firibgarligini sodir etgan. Birinchi jinoyat uchun ular 2 yil, ikkinchisi uchun - uch yil qamoq jazosini talab qiladi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi himoyasi qayd etishicha, Anchelotti talab qilingan garov pulini allaqachon to‘lab bo‘lgan, bu hech qanday ayblov hujjatlarida o‘z aksini topmagan. Shu munosabat bilan advokatlar prokuraturaning jazoni yengillashtirish bo‘yicha so‘rovlarini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishni so‘rashadi, chunki Anchelotti allaqachon summaning katta qismini qoplagan.

Kiritildi: 17:57, 13.06.2024.
O'qildi: 10088 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.