«Barselona»ning 16 yoshli hujumchisi Lamin Yamal keyingi mavsumdan boshlab yangi raqam ostida to‘p tepishi mumkin.
"Memorabilia1899" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar kelayotgan 2024/25 yilgi mavsumda Lamin Yamalning raqamini o‘zgartirish va unga 10-raqam berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Klub shu yo‘l bilan marketing jihatidan ancha foyda olishni maqsad qilgan.
Yevro 2024 ham qaror qabul qilishda asosiy omil hisoblanadi.