Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Superliganing 5-tur kechiktirilgan o‘yinida muxlislar o‘zbekcha mumtoz to‘qnashuvga guvoh bo‘lishadi.

Chempionatlarimizdagi eng prinsipial qarama-qarshilik sanalgan "Neftchi" va "Paxtakor" Farg‘onada to‘qnash keladi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani ham jamoalarning o‘zaro o‘yinga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rsatadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 58 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 27 g‘alaba, 9 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 95 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 16tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 6 bahsda jamoamiz g‘alaba qozongan. Yetti o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik hisobda dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda toshkentliklar  muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze  har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 1 iyul, dushanba kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 19:30da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:24, 30.06.2024.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик