Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Desham: "Yamalga haddan tashqari ko‘p erkinlik berdik"

Desham: "Yamalga haddan tashqari ko‘p erkinlik berdik"

Baho:
+ | -

Seshanba oqshomida Ispaniya Fransiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Yevropa chempionatining ilk finalchisiga aylandi.

Ispaniya jamoasining ikkita golidan birining muallifi "qizil furiya" vingeri Lamin Yamal bo‘ldi.

16 yoshli futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli va eng muhimi aniq zarba yo‘lladi. Yamalning golini Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham yuqori baholadi. “Uning zarbasi ajoyib edi. U juda omadli edi, lekin biz uning yutuqlarini kamsitmasligimiz kerak.

Shubhasiz, biz Yamalga juda ko‘p bo‘sh joy berib qo‘ydik. Ispaniyada jarima maydonchasi ichidan yaxshi zarba bera oladigan futbolchilar ko‘p.

Biz unga haddan tashqari ko‘p erkinlik berdik", - deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda Mirror.

Kiritildi: 10:53, 11.07.2024.
O'qildi: 1314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик