"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines hech qanday holatda jamoani tark etish niyatida emas.
Mish-mishlarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi, agar "ko‘k-anorranglilar" uni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, shartnomasini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Jurnalist Adrian Sanchesning Martines atrofidagilarga tayangan holda xabar berishicha, markaziy himoyachining hozircha bunday rejasi yo‘q.
U klubning ahvolini tushunadi va kutishga tayyor. Inigo Martines o‘tgan yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga o‘tgan edi. Avvalroq futbolchi Bilbaoning “Atletik” klubida o‘ynagan.