Insayder Fabrisio Romano “Bolonya” markaziy himoyachisi Rikkardo Kalafyori Londonning “Arsenal” klubiga yaqin orada o‘tishi haqida e’lon qildi.
Klublar avvalroq xabar qilinganidek, transferning barcha shartlarini kelishib olishgan. Hozirda transfer uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘ldirish jarayoni yakunlanmoqda. Kalafyori "kanonirlar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va mavsumiga 4 million yevro maosh oladi. Yaqin orada italiyalik rejalashtirilganidek, AQSHda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” Rikardo Kalafyori uchun 50 million yevro to‘laydi. Bu summaning yarmi markaziy himoyachi "Bolonya"ga o‘tishdan oldin o‘ynagan Shveysariyaning "Bazel" klubiga tushadi.