Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Braziliyalik sportchilar mahalliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan jazolandi

Braziliyalik sportchilar mahalliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan jazolandi

Baho:
+ | -

Braziliya Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Ana Karolina Viyeyra va Gabriel Santos 26-iyul, juma kuni Olimpiya shaharchasini ruxsatsiz tark etgan.

27-iyul, shanba kuni Braziliya Olimpiya qo‘mitasi suzish bo‘yicha milliy terma jamoa rahbari Gustavo Otsukadan suzuvchilar tomonidan tartib-intizom buzilgani haqida ma’lumot oldi.

"Braziliya Olimpiya qo‘mitasi bu sportchilarni Olimpiya qishlog‘ini ruxsatsiz tark etganliklari uchun jazolashga qaror qildi.

Bundan tashqari, sportchi Ana Karolina Viyeyra suzish bo‘yicha Braziliya terma jamoasi komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga hurmatsizlik va tajovuzkorlik bilan qarshi chiqdi.

Natijada Gabriel Santos ogohlantirish oldi va Ana Karolina Viyeyra delegasiya tarkibidan chiqarildi", — deyiladi tashkilot bayonotida.

Sportchi tez orada Braziliyaga qaytadi.

Kiritildi: 17:54, 29.07.2024.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик