Londonning "Tottenxem" klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men boshqa klublar haqida o‘ylamayman, men "Tottenxem"ni juda hurmat qilaman. Ular meni bu yerda doim qo‘llab-quvvatlashadi, menga bu jamoada o‘ynash yoqadi. Umid qilamanki, yangi mavsumda kubok qo‘lga kiritamiz. Bu mening maqsadim", — deya argentinalik futbolchining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrisio Romano keltirgan.