BILD nashrining xabar berishicha, "Borussiya Dortmund" markaziy himoyachisi Valdemar Anton Angliya Premyer-ligasi klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli nemis futbolchisiga "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. "Borussiya" himoyachini sotishni istamayapti, ammo 35-40 million yevrolik taklif buni o‘zgartirishi mumkin.
Anton o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urgan. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari uning narxini 18 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Valdemar O‘zbekistonda tavallud topgan.













