Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Kerrikka o‘rinbosar topdi

«Manchester Yunayted» Kerrikka o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»da Angliya Premyer-ligasi mavsumining dastlabki qismida qayd etilayotgan natijalardan norozi va jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrikni iste’foga chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Goal nashri ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» boshqaruvida angliyalik mutaxassisning o‘rnini taniqli italiyalik murabbiy Antonio Konte egallashi mumkin. Manchesterliklar mutaxassis bilan dastlabki aloqani o‘rnatgan.

57 yoshli Konte ayni paytda «Napoli»dan ketganidan so‘ng ishsiz. U Angliyada avval Londonning «Chelsi» va «Tottenxem» klublarini boshqargan.

Angliya chempionatining besh turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 5 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida atigi 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:14, 28.09.2026.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик