Isroil terma jamoasi yarim himoyachisi va sardori Manor Solomon UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichida Irlandiyaga qarshi o‘tgan va 0:3 hisobidagi yirik mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.
«Raqiblar haqida hech narsa demoqchi emasman. Agar o‘ylayotgan barcha gaplarimni aytsam, meni diskvalifikasiya qilishadi. Ular bizni yomon ko‘radi. Biz ham ularni yaxshi ko‘rmaymiz. Irlandiyaga qarshi keyingi o‘yinni kutyapmiz. U butunlay boshqacha futbol bo‘ladi», — deya Solomonning so‘zlarini The Times of Israel keltirdi.
Qayd etish joiz, uchrashuv boshlanishidan oldin ikki jamoa futbolchilari bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishishmadi.
Irlandiya va Isroil o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 4 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













