Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Navbahor" bosh murabbiyi: "Durang adolatli natija bo‘lardi"

"Navbahor" bosh murabbiyi: "Durang adolatli natija bo‘lardi"

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan OKMK - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. "Lochinlar" ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Avvalo raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Ikki jamoa uchun ham qiyin bahs bo‘ldi. Oson bo‘lmasligi aniq edi. Bugungi uchrashuvda ayrim bir muammolarga duch keldik. Tarkibdagi yetishmovchilik va boshqa jihatlar bizga xalal bermoqda. Yigitlar hali hamon og‘ir bosim ostida. Yosh futbolchilarimiz iqtidorli, ammo ularning ritmga tushib olishlari uchun biroz vaqt kerak. OKMK jamoasi bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

-"Navbahor"ning ikki uchrashuvini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Jamoa o‘yinida o‘sish sezilmoqda. Jamoam o‘yin bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, dedingiz. Ushbu muammolar va kamchiliklar haqida batafsilroq to‘xtalsangiz...

- Asosiy muammomiz - realizasiya. Raqibimiz o‘yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi. Biz esa 8-9 marotaba to‘pni so‘nggi zarba bilan yakunlovchi vaziyatlarga qadar olib keldik, lekin... Vaziyatlardan gol urgan jamoa g‘alaba qozonadi. Bu juda oddiy formula. Shunchaki gol urishimiz kerak. Hujumda xavfliroq tajovuzkor o‘ynashni boshlaganimizni bilaman. Balki bizga biroz vaqt kerakdir. Durang bugungi bahs uchun adolatli natija bo‘lishi mumkin edi, lekin futbolda so‘nggi daqiqalargacha o‘ynay oladigan
va kurashgan jamoa g‘alaba qozonadi. Raqibimiz ikkinchi goldagi hujumni ajoyib amalga oshirdi. Tezkorlik bilan hujumga o‘tishdi, shunchaki qoyil. OKMK o‘zgarishlarni ham to‘g‘ri qildi. Bizning zaxiramiz esa oqsamoqda. Bu bizning muammolarimiz hamda bunga o‘zimiz aybdormiz. Ushbu muammolarga o‘zimiz yechim topishga majburmiz.

- Realizasiya haqida gapirib o‘tdingiz. Chempionatimizning eng yaxshi to‘purarlaridan biri Toma Tabatadze "Navbahor" mashg‘ulotlarida qatnashmayapti. Uning jarohati haqida ma’lumot berib o‘tsangiz?

- Tabatadzeni hali maydonda ko‘rganim yo‘q. Kecha u O‘zbekistonga qaytib keldi. Toma bilan gaplashib oldik. Jarohatidan forig‘ bo‘lganiga qaramay, u hali hamon o‘zini noqulay his qilmoqda. Tabatadzeni yaqin orada maydonda ko‘rmaymiz.
Sardor Rashidov ham uzoq vaqtga safdan chiqdi. Sayfiyevda diskvalifikasiya bor edi.U
keyingi uchrashuvda maydonga qaytadi.
Ikkinchi hujumchimiz Giorgi Nikabadze ham jarohat bilan ukollar orqali o‘ynamoqda. Uning o‘rnini egallay oladigan futbolchi yo‘q, afsuski.

- Zaxira yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni qanday hal etmoqchisiz? Ushbu vaziyatdan chiqib ketish bo‘yicha qandaydir rejangiz bormi?

- Yagona yechim shu tarkibimiz. Ixtiyorimizdagi futbolchilar bilan o‘ynashda davom etamiz. Mavsum yarmi va mavsum avvalida seleksiya ishlarini olib borish ikki xil masala. Yozda ko‘p futbolchilar band hamda amaldagi shartnomasi bo‘ladi. O‘zingiz istagan futbolchini harid qilish qiyin masala.

- Yozda o‘zimiz istagancha transferlar amalga oshira olmadik, dedingiz. Transferlar bo‘yicha qanday rejangiz bor edi?

- Bizdagi transfer taqiqi bo‘yicha xorijlik futbolchilar bilan shartnoma tuza olmaymiz. Hozirgi holatimiz shunday va shunga moslashishimiz kerak.

Kiritildi: 02:11, 13.08.2024.
O'qildi: 1519 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.