Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

APL: Jarohatlar daftarchasiga nazar

APL: Jarohatlar daftarchasiga nazar

Baho:
+2 | -

Ma’lum qilinishicha, «Chelsi» APL-2023|2024da  futbolchilar jarohatidan eng ko‘p aziyat chekkan klub bo‘ldi.

«Manchester Siti»da esa hammasi ajoyib - «shaharliklar» bu borada kuchli 5ta liga ishtirokchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birini qayd etishdi. Tushunarliki, futbolda jamoa muvaffaqiyatini ko‘plab komponentlar belgilaydi: sifatli transferlar, kiyinish xonasidagi uyg‘unlik, murabbiyning talablarini teran tushunish, ishlanmalar va yaxlit o‘yin mexanizmi yaratishga yordam beruvchi omillar va hokazo. Biroq jamoa faoliyatini jarohat atalmish futbolchining asosiy dushmani buzib yuborishi hech gap emas. Ayniqsa, uzoq muddatli, ommaviy yoki surunkali jarohatlar.

*** 

Tahlillarga ko‘ra, mavsum-2023|2024 davomida APL klublarida atigi 399ta jarohat qayd etildi. Nega «atigi» iborasi ishlatilmoqda? Gap shundaki, oldingi mavsumga nisbatan olganda, jarohatlar miqdori 47 foiz kamaydi. Faqat ayrim narsalar o‘zgarmadi. Xususan, «Chelsi» jarohatlar soni bo‘yicha «peshqadam»ligicha qoldi. Diqqat qiling, mavsum davomida London klubining 23 nafar futbolchisi safdan chiqdi, jarohatlarning umumiy soni esa 55tani tashkil etdi (bir mavsum oldin 48ta edi). Jarohatlar daftarchasida «Nyukasl»ning ham pozisiyasi o‘zgargani yo‘q - yana 2-o‘rin. Raqamlarda aytsak, «qarg‘alar» ortda qolgan mavsum bo‘yi 39ta jarohat ortidan 19 nafar futbolchi xizmatidan ma’lum vaqt foydalana olishmadi. 3-yomon ko‘rsatkich «Tottenxem»da - 22 nafar futbolchidan 37ta jarohat. O‘yinchining asosiy dushmanidan eng kam zarar ko‘rgan klublar sifatida esa «Sheffild Yunayted», «Vest Xem» va «Vulverxempton» qayd etdi (har birida 6tadan jarohat). Kuchli beshlikda «Aston Villa» (12ta jarohat) va «Manches­ter Siti» (16ta jarohat) ham bor.

*** 

«Chelsi»ning jarohatlangan futbolchilari barcha musobaqalar doirasida jami 404ta o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Bu har bir safdan chiqqan futbolchi o‘rtacha hisobda 17,57ta o‘yinda klubga yordam berolmaganini anglatadi. E’tiborga olish kerak, London klubi shuning barobarida yakunlangan mavsum masofasida «Vest Xem» va «Vulverxempton»ga nisbatan kamroq o‘yinda maydonga tushdi (jami 51ta rasmiy uchrashuv). Taqqoslash uchun, «bolg‘achilar» va «bo‘rilar»da jarohatlangan futbolchilar jami 31tadan o‘yin­da «dam olishdi» (har bir futbolchiga o‘rtacha hisobda 5,2ta o‘yin to‘g‘ri keladi). Yana bir fakt: «Chelsi»da mavsum bo‘yicha barcha musobaqalar hisobidan kamida 30ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan futbolchilar soni 7 nafar. APLning boshqa biror klubida bunday katta yo‘qotish yo‘q. «Liverpul» ham jarohatlardan yetarlicha aziyat chekdi. «Qizillar» jarohatlar soni bo‘yicha 5-o‘rinda qayd etildilar, ammo ularda futbolchilarga majburan «dam» berilgan o‘yin­lar soni juda ko‘p - 349ta (ikkinchi yomon ko‘rsatkich). «Liverpul»ning jarohatlangan har bir futbolchisi 16,62ta o‘yinda qatnasholmadi (o‘rtacha hisobda). Bu tiklanish jarayoni uzoq muddatni talab qilgan jarohatlar ko‘proq kuzatilgani bilan bog‘liq. Misol uchun, 2023 yili boldiriga jiddiy shikast yetgan Tyago Alkantara naq 57ta o‘yinni tomoshabin sifatida kuzatdi, Joel Matip esa 35ta uchrashuvdan chetda qoldi. Keyingi o‘rinlar «Nyukasl» va «MYU»ga tegishli. Bu jamoalar futbolchilari barcha musobaqalar hisobidan mos ravishda jami 313ta va 311ta o‘yinni chetdan kuzatishdi (futbolchilar o‘tkazib yuborgan o‘yinlar jamlandisi). Umuman, «Nyukasl» va «MYU» mavsum davomida 19 nafardan futbolchisini ma’lum muddatga yo‘qotdi jarohat tufayli. Bitta farqli tomoni, «qarg‘alar»da jami jarohatlar soni «qizil iblislar»nikidan biroz ko‘proq - 39ga 35.

*** 

Kuchli klublar orasida «Manchester Siti»ning ko‘rsatkichi namunali. Xosep Gvardiola jamoasida futbolchilar jarohat ortidan o‘tkazib yuborgan o‘yinlarning umumiy soni 81ta. Boshqacha aytganda, har bir jarohatlangan futbolchi o‘rtacha hisobda 6,75ta o‘yinda «shaharliklar»ga yordam berolmadi, xolos. Bu shuni ko‘rsatmoqdaki, «Siti»da nafaqat jarohatlar soni kam bo‘ldi, balki ularning darajasi ham og‘ir emasdi.

*** 

Agar 1000 daqiqa o‘yin vaqtiga to‘g‘ri kelgan jarohatlar soniga qarasak, «Chelsi» yana eng yomon ko‘rsatkich sohibidir. «Aristokratlar» barcha musobaqalar doirasida 51ta uchrashuvda maydonga tushishgan (qo‘shib berilgan vaqtni hisobga olmasak, umumiy 4590 daqiqa). Har 1000 daqiqaga to‘g‘ri kelgan jarohatlar soni esa 11,98ta. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-yomon natija mavsum davomida «Chelsi»ga nisbatan 10ta kam o‘yin o‘tkazgan «Tottenxem»ga tegishli ekanligini ham ta’kidlash o‘rinli: har 1000 daqiqada 10,03ta jarohat. Mavsum bo‘yi kamida 50ta o‘yinda maydonga tushgan jamoalar orasida «Vest Xem» eng yaxshi ko‘rsatkichga ega - 1000 daqiqada atigi 1,26ta jarohat («bolg‘achilar» barcha musobaqalar hisobidan jami 4770 daqiqa o‘ynaganlar). 59ta o‘yinda ishtirok etgan (APL vakillari uchun eng yuqori natija) «Manchester Siti»da 1000 daqiqaga to‘g‘ri keladigan jarohatlar soni 3,01taga teng. Agar yakunda kuchli beshlikka kirgan klublarga qarasak, bu statistika bo‘yicha «Aston Villa» yetakchi - 1000 daqiqada 2,38ta jarohat.

«Chelsi»ning qatorasiga 2 mavsum APLda jarohatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoa bo‘lgani uning muhitida qandaydir tartibsizliklar davom etayotganidan dalolat. Chempion «Siti»ning ko‘rsatkichlariga kelsak, «shaharliklar»­da nafaqat tibbiy xizmat yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan, balki Xosep Gvardiola muhim ustunlikka ega - rotasiya imkoniyati. Bu jamoaga bir necha turnirda jiddiy bosimsiz qatnashish imkonini beradi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 14.08.2024.
O'qildi: 1941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.