Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Ugartening "MYU"ga kelishi jamoaga nima beradi? (Aslanov tahlili)

Ugartening "MYU"ga kelishi jamoaga nima beradi? (Aslanov tahlili)

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Manuel Ugartening so‘nggi vaqtlarda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar chiqmoqda. Qahramon Aslanov ushbu transfer "qizil iblislar"ga nima berishini tushuntirdi.

Ugartening kelishi “Manchester Yunayted”ga qay darajada ahamiyatli tasavvur qilish ham qiyin. Juda muhim.

Erik ten Xag 4-2-4 sxemasiga o‘tganidan buyon 5 o‘yin o‘tkazdi va biror marta ham yutqazmadi. O‘tgan mavsum oxirida “Nyukasl”, “Brayton” va “Siti” ustidan g‘alaba, “Siti” bilan Superkubokda durang va 1-turda “Fulxem” bilan 1:0.

Aslida bu o‘ta kuchli sxema bo‘lib, “MYU” uchun optimal ekanida emas, shunchaki, 4-2-4 ayni damdagi kamchiliklarni yaxshiroq yopadi, sal pal bo‘lsayam, “odamga o‘xshagan” jamoaga aylantiradi. Himoyadagi jarohatlar tufayli, jamoa pressing qilishda turli ziddiyatlarga duch keldi – himoyachilar yuqori blokda o‘ynolmasligi, pressing esa, ten Xag futbolida muhimligi sababidan, markazda katta bo‘shliqlar yuzaga keldi-ki, raqiblar bundan butun mavsum davomida yaxshi foydalanishdi. 4-2-4 mana shu muammoga yechim sifatida paydo bo‘lgandi.

Bu yerda aldamchi to‘qqizliklar Bruno va Maktominey vingerlardan orqaroqda harakat qiladi va bu markazda kerakli zichlikni beradi. To‘pni nazorat qilishda ham markazdagi to‘rt futbolchi son jihatidan ustunlikni ta’minlaydi. Maktominey o‘rniga Maunt o‘ynay boshlagach, bu sxema yanada takomillashdi, pressing sifati oshdi. O‘tgan mavsum davomida har o‘yinda kamida 20 tadan zarba o‘tkazib yuborgan jamoa so‘nggi o‘yinlarda vaziyatlarni kamaytirdi.

Lekin masalaning boshqa tomoni bor. Rasmus Xoylund zaxiraga o‘tirib qoldi. Bu mavsumdan Zirkze ham qo‘shilganini e’tiborga olsak, ikki hujumchining asosiy tarkibdan chetda qolishi g‘alati, buning ustiga, masalan, “Fulxem” bilan o‘yinda hujumchining yo‘qligi 1-taymda sezildi. Zirkze chiqqachgina g‘alaba goli urildi. 4-2-4 himoya va pressingga yordam berayotgan bo‘lsa-da, bu hujumda muammolar yuzaga keltiryapti. O‘z navbatida, Maunt o‘rniga Zirkze chiqqach, endi markazida qiyinchilik paydo bo‘la boshladi, 1-taymda umuman oldinga chiqolmagan “Fulhem” bir necha bor xavfli qarshi hujumlar uyushtirdi.

Ugarte – himoyalanish va to‘psiz harakatlanishda katta hajmni amalga oshiradigan top futbolchi. Aslida hamma jamoa ham 4-2-4 o‘ynashga majbur emas, aynan Maynu – Kazemiro juftligidagi kamchiliklarni (Maynu yosh, Kazemiro katta hajmdagi vazifalarni bajara olmaydi) yopish lozim bo‘lib qolmoqda. Ugarte Maynuga ham, Kazemiroga ham ideal juftlik bo‘lishi mumkin.

Birinchidan, Ugartening ikki markaziy yarimhimoyachidan biri bo‘lishi maydonga hujumchi tushirib ham, xuddi o‘sha zichlikni saqlab qolish imkonini yaratadi. Ikkinchidan, agar Mauntdan foydalangan taqdirda ham, Ugarte ham Kazemiro, ham Maynuning vazifasini bajarib, 4-1-2-3 ga qaytish imkonini berish mumkin. Esingizda bo‘lsa, ten Xagning ilk mavsumida “MYU” shunday sxemada o‘ynagan va Kazemiro yagona tayanch futbolchisi, Maunt o‘rnida esa, Eriksen harakat qilgandi. Shunda ham markazdagi muammoni kamaytirish uchun hujumchi (Vergxost) ancha orqaroqda o‘ynashga majbur bo‘lgandi.

Kiritildi: 12:21, 22.08.2024.
O'qildi: 1810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик