Gabonlik markaziy hujumchi Pyer-Emerik Obameyang Kataloniyaning "Barselona" klubidagi faoliyatini esladi.
"Ushbu transferdan oldin ota-onamning sog‘ligi tufayli tushkunlikka tushib, tez-tez spirtli ichimliklar iste’mol qila boshladim.
"Barselona" menga imkoniyat berdi va buning uchun klubdan doim minnatdorman. Men hech qachon mashg‘ulotlarda qatnashishdan bunchalik zavqlanmaganman.
Men hatto dam olish kunlari mashg‘ulot o‘tkazdim", — dedi futbolchi.