Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" ustozi himoyachisining o‘yiniga yuqori baho berdi

"Tottenxem" ustozi himoyachisining o‘yiniga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

"Shporlar" bosh murabbiyi Ange Postekoglu "Nyukasl"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa himoyachisi Radu Dregushinni maqtadi.

U bu mavsumda birinchi marta Miki van de Ven jarohati tufayli maydonga chiqdi. Himoyachi 90 daqiqa harakat qildi va mutaxassisdan ijobiy baho oldi.

"U hali yosh, ayniqsa himoyachi uchun. "Nyukasl" Isak bilan oldinda katta xavf tug‘diradigan bunday qiyin uchrashuvda unga imkoniyat berish muhim edi. U haqiqatan ham diqqatini jamlagan bo‘lishi kerak edi va menimcha, shunday bo‘ldi", - deya bosh murabbiy so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

"Tottenxem" uch turdan keyin 4 ochkoga ega. Jamoa o‘ninchi o‘rinda boryapti.

Kiritildi: 14:59, 02.09.2024.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.