Malilik yosh vinger Ibrohim Diarra qishda "Barselona" jamoasiga qo‘shilishi mumkin.
Malilik 17 yoshli futbolchi allaqachon Ispaniya jamoasida mashg‘ulot o‘tkazgan va o‘zi haqida yaxshi taassurot qoldirgan.
Ibrohimga qishda u bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotganliklari va u "Barselona Atletik" klubida o‘ynashni boshlashi haqida ma’lumot berildi.
Endi klub uning balog‘atga yetishini kutishmoqda.