Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tedesko: "Fransiya mahorat borasida Belgiyadan ustunlik qildi"

Tedesko: "Fransiya mahorat borasida Belgiyadan ustunlik qildi"

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi o‘yin (0:2) yakunlarini sarhisob qildi.

"25 daqiqadan so‘ng biz o‘ynashni to‘xtatdik. Bizning hafsalamiz pir bo‘lishi normal holat. Bizda uchta imkoniyat bo‘ldi, ulardan biri gol urish uchun yaqqol imkoniyat edi, ammo bu bizda anchadan beri muammo bo‘lmoqda. Biz boshida shiddatli edik, keyin biroz ustunlikni boy berib qo‘ydik. Fransiya haqida gapirganda, ulardagi o‘yinchilarni ko‘rishingiz mumkin, bu farq qiladi. Yarim himoyadagi o‘yinchilar to‘pni yutib, oldinga chiqib olishlari mumkin. Bugun ularning saviyasi yuqoriroq edi", - dedi Tedesko UYEFA rasmiy saytiga.

Jamoalar oktyabr oyida Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazishadi.

Kiritildi: 06:51, 10.09.2024.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик