Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Enso Mareska Ben Chiluell o‘tgan yozda klubini o‘zgartirishga tayyor bo‘lganligini tan oldi.
"Ben ketishga tayyor bo‘lgan yigitlardan biri edi, ammo hozir u biz bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. U bizning futbolchi bo‘lib qoladi. Biz vaziyatni o‘yindan o‘yingacha baholaymiz, agar kerak bo‘lsa, undan foydalanishimiz mumkin", - dedi Mareska.