Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Leoga «bosh egmagan» beshlik!

Leoga «bosh egmagan» beshlik!

Baho:
+ | -

Buyuk Lionel Messi 19 yillik professional faoliyatida jami 130ta klubga qarshi o‘ynagan.

Fakt: «Oltin to‘p»ning 8 karra sohibi shundan 125tasi bilan o‘yinlarda gol urgan yoki loaqal assistent rolini bajargan. Oddiy aytganda, atigi 5ta klub Messining goli yoki samarali uzatmasidan «benasib» qolgan. Qiziq, qaysi klublar argentinalikni to‘xtatib qolish uddasidan chiqqan?

«Gramenet» (Ispaniya)

 Argentinalik yulduz ko‘pchilik uchun notanish ushbu klub bilan atigi bir marta to‘qnash kelgan. Gap mavsum—2004/2005da Ispaniya kubogi 1/32 finalidan o‘rin olgan o‘yin haqida ketmoqda. O‘shanda Leo maydondan samarali harakatsiz chiqqan va «Barselona» kamtarin raqibiga 0:1 hisobida yutqazgandi.

«Udineze» (Italiya)

Messi Udinening mag‘rur jamoasi bilan CHL-2005/2006-da tanishgandi o‘yin vositasida. Aniqroq bayon etsak, 18 yoshli Lionel «Udineze»ga qarshi bahsda 70 daqiqa harakatlangan va na gol urgan va na assist qayd etgan. To‘g‘ri, yakuniy natijada yosh Leoning samarasiz to‘p surgani bilinmagan - «Barselona» Italiya klubini 4:1 hisobida tor-mor keltirgandi.

«Bordo» (Fransiya)

Leo Messi «PSJ»ning Liga 1-2021/2022 28-turidan o‘rin olgan «Bordo»ga qarshi o‘yinida to‘liq vaqt davomida yelib-yugurdi, ammo samarasiz. Garchi raqib argentinalik yulduzni butunlay zararsizlantirish uddasidan chiqqan bo‘lsada, parijliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

«Toronto» (Kanada)

«Inter Mayami»ning amaldagi bosh yulduzi Kanada klubi bilan o‘tgan yilning sentyabr oyida yuzlashdi. MLS doirasidagi ushbu uchrashuv argentinalik dahocha uchun omadsiz keldi va u 37-daqiqada jarohat ortidan o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Garchi Leo samarali harakatsiz qolgan bo‘lsada, «Inter Ma­yami» yakunda yirik hisobli g‘alaba (4:0)ni rasmiylashtirdi.

«Rubin» (Rossiya)

Lionel Messi uchun eng murakkab raqib. Diqqat qiling, u Qozon jamoasiga qarshi kechgan 4ta o‘yinda ishtirok etgan, ammo... Barcha uchrashuvlar CHL guruh bosqichida bo‘lgan (mavsum-2009/2010da 1:2 va 0:0, mavsum-2010/2011da 1:1 va 2:0). Muayyan raqibga qarshi 4ta o‘yin va «Gol+pas» tizimi bo‘yicha «0+0» - bunaqasi Messi faoliyatini bosh­qa kuzatilmagan.

Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:59, 22.09.2024.
O'qildi: 11246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.