Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi

Baho:
+ | -

Argentinalik futbolchi Lionel Messi o‘zining 525 Rosario deb nomlangan prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi, deya xabar bermoqda ESPN.

Kompaniya oilaviy dasturlar va televizion kontent ishlab chiqaradi.

Loyiha Apple TV+ striming xizmati uchun Messi haqida ikkita serial (“Messi va Jahon Chempionati: Yuqoriga yo‘l” va “Messi Amerika bilan uchrashdi”) tayyorlagan Smuggler Entertainment bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

“Ko‘ngilochar narsalar har doim mening ishtiyoqim bo‘lgan, futbol maydonida ham, undan tashqarida ham. Smuggler Entertainment bilan birgalikda yaratgan loyihamizni rivojlantirish meni ruhlantiradi”, — deydi Leo.

Messi kompaniyani o‘zining tug‘ilgan shahri Rosario sharafiga nomladi. Sportchining tasavvuriga ko‘ra, 525 Rosario “ildiz va oilaviy qadriyatlar” muhimligini aks ettiradi.

Kompaniya shtab-kvartirasi hozirgi kunda Messi yashayotgan Mayamida, shuningdek, Los-Anjeles shahrida joylashgan bo‘ladi.

Loyihani esa Smuggler Entertainment bosh direktori Tim Pastor hamda Messining oilasi boshqaradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:48, 24.09.2024.
O'qildi: 2440 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик