Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Ronaldu faoliyati davomida kimlarni haqorat qilgan: Runidan Messigacha...

Ronaldu faoliyati davomida kimlarni haqorat qilgan: Runidan Messigacha...

Baho:
+ | -2

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu allaqachon millionlar o‘yini tarixidan joy olganiga shak-shubha yo‘q. Biroq hatto buyuk futbolchilar ham xoh yashil maydonda, xoh uning tashqarisida bo‘lsin, turli janjal, mojarolarga sabab bo‘ladilar. Keling, aynan Krishtianudan tanbeh olgan mashhur futbol yulduzlarini esga olamiz.

Pele

Rio Ferdinand bilan bo‘lgan intervyusida Ronaldu o‘zining asosiy maqsadi faoliyati davomida 1000ta gol urgan dastlabki o‘yinchi bo‘lish ekanligini bayon etgandi. Shuningdek, u barcha gollari rasman qayd etilishi muhim ekanligini tahkidlab o‘tgandi: «Tez orada gollarim 900taga, keyin 1000taga yetadi. Agar jarohatlarga duch kelmasam, bu maqsaddan voz kechmayman. Men shunga erishishni istayman. Avval ham shuncha gol urishganmi? Mening gollarim boshqalarnikidan farq qiladi: barcha gollarim videodan joy olgan, shunday ekan, men buni isbotlay olaman».

Pele haqida Krishtianu hech narsa demagan bo‘lsada, kesatiq yaqqol tushunarli. Ginness rekordlar kitobida braziliyalik afsonaning 1279ta gol urganligi, ularning 767tasi rasmiy uchrashuvlarda amalga oshirilgani zikr etilgan. O‘shanda Ferdinand miriqib kulgan va javob bergandi: «Axir sen Alfredo Di Stefano, Pele va Eysebiolar haqida gapiryapsanku».

Ta’kidlash joizki, Ronalduning gollari hozir 900taga yetgan. Nazariy jihatdan olganda, u o‘z orzusiga erishishi mumkin.

Lionel Messi

Hozir Krishtianu Messi haqida professionallarga xos maromda, gohida iliq fikrlar bildiradi. Lekin bu doimiy emas. Ayniqsa, ular o‘rtasidagi raqobat avjiga chiqqan kezlarda portugaliyalik futbolchi argentinalik kasbdoshini gap bilan uzib olardi. Eng dag‘al muomalani Ronaldu 2021 yilda, Messi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganida namoyish etgandi. Chunki u o‘ta norozi kayfiyatda yurgandi. Mukofotning taqdimot marosimidan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda o‘z muxlislari postida qoldirgan «faktlar» nomli bayonotda Leo unga loyiq emasligini e’tirof etdi: «Messi mavsumni o‘rtamiyona darajada o‘tkazishi mumkin, ammo ular sovrinni doimo unga berishga sabab topishadi. O‘g‘irlik. Ifloslik. Sharmandalik. Ronaldu doimo tarixdagi eng zo‘r futbolchi bo‘lib qoladi».

Xavi

Ispaniyalik yarim himoyachi o‘z davrida portugaliyalik futbolchiga futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi - Lionel Messi bilan bir vaqtda tug‘ilish baxti nasib etmaganligini aytgandi: «Xavining nimalar degani meni umuman qiziqtirmaydi, men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Sizlarga nima deyishimni istaysiz? U barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan, lekin hech qachon «Oltin to‘p»ni olmagan. Menda esa 3ta. Demak, uning nima deyishi men uchun ahamiyatsiz».

Ueyn Runi

Bir paytlar ular «MYU»da qalin do‘st edilar. Biroq vaqt o‘tishi bilan o‘rtadagi munosabatlari yomonlashib ketdi. Angliyalik hujumchining Messini barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi sifatida hurmat qilishini ochiqchasiga e’tirof etishi Ronalduning hamiyatiga og‘ir botdi.

Pirs Morgan bilan bo‘lgan o‘zaro suhbat chog‘ida Krishtianu shunday degandi: «U meni avvalgidek o‘ynay olmayapti, dedimi? Ehtimol, Ueyn meni har kuni tanqid qilayotgandir. Chunki hozir qiladigan boshqa ishi yo‘q, faoliyatini tugatgan. Men esa hamon yuksak saviyada to‘p suryapman. Men undan yaxshiroq o‘ynayman, demoqchi emasman. Biroq bu haqiqat».

Alessandro Florensi

2019 yil mayidagi «Yuventus» - «Roma» uchrashuvida Ronaldu va italiyalik futbolchi o‘rtasida muxlislar qizg‘in mojaroga guvoh bo‘lishdi. Florensi Ronalduga gap qaytarmoqchi bo‘lganida, Krishtianu barmog‘ini labiga qo‘yib, raqibini jim bo‘lishga ishora qildi. Keyin past bo‘yli raqibini kalaka qilib kuldi. Mish-mishlarga binoan, Krishtianu Alessandroga gap qaytarish uchun yoshlik qilishini aytgan. Qizig‘i shundaki, o‘sha bahsda past bo‘yli italiyalik himoyachi gol urgan va «Roma» 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Cho Gi Sun

Albatta, bu ro‘yxatimizdagi eng jarangdor nom emas. Lekin Ronaldu bilan bo‘lgan mojarosi eslashga arziydi. Voqea JCH-2022 turnirida yuz bergandi. Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvning 65-daqiqasida zaxiraga olingan Krishtianu norozi kayfiyat bilan maydonni tark etayotganida, koreyalik futbolchi undan tezroq yurishni talab qilgandi.

«Voqea shunday bo‘lgandi: men maydon chetiga yura boshlaganimda, Janubiy Koreya terma jamoasining o‘yinchisi tezroq yurishimni talab qildi. Men esa undan og‘zini yumib yurishini talab qildim». Chunki unda buyruq berish huquqi yo‘q», degandi Ronaldu.

Saudiya Arabistoni muxlislari

Bu onda-sonda uchraydigan, o‘zgacha hodisa. «Al-Nasr»ga qarshi maydonga tushgan barcha jamoalarning muxlislari uchrashuv paytida muntazam ravishda Messi familiyasini tilga olgan holda qichqiradilar. Bu esa tabiiyki, Ronalduning kayfiyatini buzadi.

Yaqinda Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini ma’lum qildi. Aftidan, orani ochiq qilishni mo‘ljallagan raqiblari tugagan emas.

Ronaldu o‘zining hatti-harakatlaridan afsuslanadimi?

Bu faqat uning o‘ziga ma’lum, o‘tgan haftadagi mulohazasi esa quyidagicha: «Kecha internetda eng mashhur o‘yinchini ko‘rdim - u menman. Shu sababli, gazetalarning birinchi sahifasidan joy olishni istagan futbolchi yoki murabbiy men haqimda gapiradi. Bu normal holat».

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:36, 28.09.2024.
O'qildi: 14033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.