Ispaniya chempionatida 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, "Espanyol" o‘z maydonida “Malyorka”ni 2:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu g‘alaba oddiygina emas, balki yubiley bo‘lib, Barselonaning ikkinchi klubiga Ispaniya chempionatidagi 1000-g‘alabani taqdim etdi.
"Espanyol" bu bilan "Real Madrid" (1825 g‘alaba), "Barselona" (1766), "Atletiko Madrid" (1402), "Atletik" (1307), "Valensiya" (1284) va "Selta" (1110)dan keyin ushbu dovonga yetgan yettinchi klub bo‘ldi.