"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘ziga qarshi eng qiyin raqib bo‘lgan futbolchi nomini aytdi.
"Messi yoki Ronaldu? Yo‘q! Sapata!
Bu dahshatli tush edi. U "Atalanta"da bo‘lganida va men unga qarshi o‘ynashga majbur bo‘lganman, bu uyqusiz tunlar edi.
Men ko‘plab chempionlarga qarshi o‘ynay oldim: Drogba, Ronaldu, Messi, Torres... Bu juda yoqimli bo‘ldi", - dedi Bonuchchi.