Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay

La Liga "Real Sosyedad" muxlislarining qo‘shiqlaridan shikoyat qildi, ular Grizmannga o‘lim tilashdi

La Liga "Real Sosyedad" muxlislarining qo‘shiqlaridan shikoyat qildi, ular Grizmannga o‘lim tilashdi

Baho:
+ | -

La Liga "Atletiko Madrid" va "Real Sosyedad" muxlislarining haqoratomuz qo‘shiqlaridan shikoyat qildi.

La Liganing 9-turidan o‘rin olgan San-Sebastyanda kechgan uchrashuvda durang (1:1) yakunlandi.

Uchrashuvdan so‘ng La Liga muxlislarning xatti-harakati yuzasidan Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF)ning Zo‘ravonlikka qarshi qo‘mitasiga shikoyat yubordi. Unda mezbonlar muxlislarining bir nechta qo‘shiqlari qayd etilgan.

O‘yin davomida bir necha bor "Real Sosyedad" muxlislari: "Atletiko Madrid" ahmoq" deb hayqirishdi.

Shuningdek, o‘yinning 13-daqiqasida "Bask" jamoasi muxlislari “Grizmann, o‘l” deb hayqirishdi. Qayd etilishicha, stadiondagi aksariyat muxlislar bu qo‘shiqqa hushtak va hayqirish bilan munosabat bildirishgan.

O‘yinning 14-daqiqasida bir guruh "Real Sosyedad" muxlislari: "Frente Atletiko - qotillar" deb hayqirgan, shundan so‘ng tribunada "Aitor Zabaleta - abaydiy xotirada" (1998 yilda jamoaning safar o‘yini oldidan vafot etgan "Real Sosyedad" muxlisi) yozuvli banner ochilgan. O‘yinning 16-daqiqasida mezbon muxlislar “Ispaniyaga do‘zax, terma jamoaga do‘zax!” deya hayqirishdi.

Shikoyatda qayd etilishicha, stadionning janubiy tribunalaridan barcha haqoratomuz hayqiriqlar eshitilgan. Stadion ekranlarida ispan va bask tillarida yozilgan irqchilik va murosasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi xabar ko‘rsatildi.

Kiritildi: 22:16, 08.10.2024.
O'qildi: 186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.