Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Rummenigge: "Bavariya"da Flikka ishonishmadi"

Rummenigge: "Bavariya"da Flikka ishonishmadi"

Baho:
+ | -

Karl-Xayns Rummenigge "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida o‘z fikrini aytdi.

Nemis murabbiyi ayni damda "Barselona"da ishlamoqda va u bilan mavsum boshida ajoyib natijalarga erishdi.

23 oktyabr kuni kataloniyaliklar Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya" bilan o‘ynaydi. Myunxen gigantining direktorlar kengashida o‘rin olgan Rummenigge Flik haqida quyidagilarni bildirib o‘tdi:

"Xansi - ajoyib murabbiy. Agar u yaxshi bo‘lmaganida "Bavariya"da bir yarim yil ichida yettita sovrin yutmagan bo‘lardi.

Afsuski, u Germaniya futbol assosiasiyasining qurboniga aylandi. Unga o‘ziga odamlar kerak edi. Lekin "Bavariya"da Flikka ishonishmadi.

U "Bavariya"ni tark etganida juda xafa bo‘ldim. Flik endi "Barselona"da muvaffaqiyat qozonmoqda.

U qiyin sharoitda yaxshi ish qiladi. Men u uchun xursandman", - deya Rummeniggening so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Kiritildi: 09:24, 17.10.2024.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик