Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Alaves - Valyadolid
19/10 16:30 Tottenhem - Vest Xem
19/10 17:00 Atletik Bilbao - Espanyol
19/10 18:00 Komo - Parma
19/10 18:00 Jenoa - Bolonya
19/10 19:00 Fulhem - Aston Villa
19/10 19:00 Ipsvich - Everton
19/10 19:00 Man. Yunayted - Brentford
19/10 19:00 Nyukasl - Brayton
19/10 19:00 Sautgempton - Lester
19/10 19:15 Osasuna - Betis
19/10 21:00 Milan - Udineze
19/10 21:30 Jirona - Real Sosyedad
19/10 21:30 Bornmut - Arsenal
19/10 23:45 Yuventus - Lasio
20/10 00:00 Selta - Real Madrid

Prevyu. «Neftchi» - «Navbahor»

Prevyu. «Neftchi» - «Navbahor»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Navbahor» Farg‘onada «Neftchi» mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida shu kungacha o‘zaro 59 marta uchrashishgan.

Ushbu o‘yinlarning 26 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 15 tasida «Navbahor» zafar quchgan, 18 ta bahsda esa klublar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 82-58, «Neftchi» foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda farg‘onaliklar 96, namanganliklar esa 63 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda 5 marta yirik hisob qayd etilgan. «Neftchi» 1995 va 1997 yillarda Namanganda 3:0, 2000 hamda 2001 yillarda esa Farg‘onada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Navbahor» 2004 yili Farg‘onada 3:0 hisobida zafar quchgan.
Mazkur klublar o‘rtasidagi eng sermahsul bahs 2010 yilgi mavsumda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hamda unda darvozalarga 7 ta to‘p kiritilgan. O‘sha o‘yinda «Neftchi» 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.

Ta’kidlash joizki, Farg‘ona jamoasi 2018 yili o‘z tarixida ilk marta Superliga (oliy liga)ni tark etdi va 3 yillik tanaffusdan so‘ng, yana elitaga qaytdi.

Ushbu jamoalar o‘rtasida Farg‘onada o‘tkazilgan 29 ta uchrashuvning 22 tasida "yo‘lbarslar”, 3 tasida «lochinlar»g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 54:26, «Neftchi» foydasiga.
Mazkur klublarning joriy mavsumning 1-davrasida Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida namanganliklar Filip Ivanovichning 90+3-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchishgandi.

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:
1992 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:0
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:0
1993 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:0
«Neftchi» – «Navbahor» – 3:2
1994 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:1
1995 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:3
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:1
1996 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:0
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:1
1997 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 0:0
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:3
1998 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 3:1
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:2
1999 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 0:2
2000 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 3:3
«Neftchi» – «Navbahor» – 4:1
2001 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 4:1
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:0
2002 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 4:2
2003 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 3:1
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:0
2004 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 0:3
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
2005 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:0
«Neftchi» – «Navbahor» – 3:0
2006 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:2
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:0
2007 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:1
2008 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:1
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:0
2009 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:0
2010 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 4:3
2011 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:2
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:1
2012 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:0
«Neftchi» – «Navbahor» – 3:0
2013 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:0
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
2014 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:0
2015 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:0
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:0
2016 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:0
«Navbahor» – «Neftchi» – 2:1
2017 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:1
2018 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
«Neftchi» – «Navbahor» – 2:1
2022 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 0:0
«Neftchi» – «Navbahor» – 1:2
2023 yil
«Neftchi» – «Navbahor» – 0:0
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:1
2024 yil
«Navbahor» – «Neftchi» – 1:0.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Navbahor» o‘yini 20 oktyabr kuni soat 15:00 da Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida start oladi.

Kiritildi: 09:59, 18.10.2024.
O'qildi: 405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.