Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Islom Ismoilov: «2025 yilgi Osiyo kubogida chempionlik uchun kurashib, JCHga yo‘llanma olishga va’da beramiz»

Islom Ismoilov: «2025 yilgi Osiyo kubogida chempionlik uchun kurashib, JCHga yo‘llanma olishga va’da beramiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Bugun O‘zbekiston U-17 jamoasi Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa bosh murabbiyi sifatida aytishim mumkinki, biz 2,5 yil davomida aynan ushbu bosqich uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Fransiya, Vengriya, Belarus, Xitoy singari mamlakatlarda yig‘inlar tashkil etdik va mezbon jamoalarga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdik. Shuningdek, yurtimizdagi Milliy terma jamoalar markazida Osiyo va jahonning bir qator yetakchi terma jamoalari bilan o‘ynadik. Mirabror Usmonov kubogi va CAFA turnirlarida ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘ldik, Eng asosiysi, bizning jamoa eng muhim bosqichga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ldik.

Buning uchun, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbarlari Abdusalom Abdumavlonovich Azizov, Ravshan Sayfiddinovich Irmatov va Odil Olimjonovich Ahmedovga, O‘FA terma jamoalar markazi rahbari Usmon Qudratovich Toshevga jamoamiz nomidan ulkan tashakkur bildirmoqchiman. Bundan tashqari jamoamizdagi murabbiylar shtabiga, shifokorlarimizga, har bir futbolchilarimiz, ularni tarbiya qilgan ota-onalari va murabbiylariga hamda yurtimizdagi OAV vakillariga ham rahmat aytaman.

Biz Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri ekanimipni yana bir bor isbotlay oldik va nasib bo‘lsa? 2025 yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogida chempionlik uchun kurashib, Jahon chempionatiga yo‘llanma olishga va’da beramiz", — dedi Islom Ismoilov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:48, 27.10.2024.
O'qildi: 1333 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.