Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" futbolchisi Italiyaga ketishi kutilyapti

"Manchester Yunayted" futbolchisi Italiyaga ketishi kutilyapti

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Viktor Lindelof faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, "Milan" qishda 30 yoshli futbolchi bilan muzokara olib borishga tayyor. Milan klubi Lindelofning tajribasi jamoaga yordam berishiga ishonmoqda, deya ta’kidlaydi manba.

Joriy mavsumda shvesiyalik himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda yettita uchrashuvda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.

Lindelofning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:16, 08.11.2024.
O'qildi: 1225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик