Yarim himoyachi Brunu Fernandesh yakshanba kuni "Manchester Yunayted" safidagi 250-uchrashuvini o‘tkazdi. “Qizil iblislar” “Lester”ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi va Fernandesh gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Opta xabariga ko‘ra, Fernandesh Angliya Premyer-ligasidagi 100-golli harakatini amalga oshirdi. Bunga erishish uchun portugaliyalikka 170 ta o‘yin kerak edi. Taqqoslash uchun, Krishtianu Ronaldu o‘zining 169-uchrashuvida xuddi shunday natijaga erishgan.
Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinni 24 noyabr kuni mehmonda "Ipsvich"ga qarshi o‘tkazadi.