"Arsenal" sardori Martin Edegor to‘pig‘idan olgan jarohati sabab Norvegiya terma jamoasini tark etdi. Bu haqda Norvegiya futbol federatsiyasi saytida xabar berildi.
25 yoshli futbolchi Millatlar ligasining noyabr oyida Sloveniya va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
"Milliy terma jamoamiz shifokorlari bilan muhokamadan so‘ng, afsuski, mening ahvolim bu o‘yinlarda o‘ynash uchun yetarli emas degan xulosaga keldik", dedi Edegor.