Manuel Ugarte "PSJ"dagi sobiq sherigi Kilian Mbappe haqida gapirdi.
"U meni har tomonlama hayratda qoldirgan o‘yinchilardan biri - himoyachilardan osonlik bilan o‘tib ketadi va yuqori dribling sohibi hisoblanadi.
Kilian ispan tilida gapiradi va biz har doim yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. U boshqalar kabi oddiy futbolchi", - dedi “PSJ” yarim himoyachisi.